Anvar Berdiev: "Mashg'ulotlarda ishlangan reja ish berganidan xursandman"

Administrator
22 may 2024
Pro-liganing 9-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Xorazm" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bu g'alabani G'uzor ahlining ashaddiy muxlislariga bag'ishlaymiz. Yigitlarga rahmat, bugun ular har tomonlama ishonchni oqlashdi.

- "Sho'rtan" uydagi o'yinlarda ishonchli harakat qilayapti. Safar uchrashuvlarida esa o'zini yo'qotib qo'ygandek. Bunga sabab nima?

- Bu fikrga qo'shilmagan bo'lardim. Futbolchilar safar o'yinlarida ham yomon harakat qilishmayapti. Futbolda omadning o'rni ham muhim ahamiyat kasb etadi.

- Bugungi o'yinda darvozabon golli uzatma qayd etdi. Bu haqida fikringiz?

- Albatta, bu mashg'ulotlarda ishlangan reja edi. Buning uchun xursandman. Takidlash joiz, bugun ikkinchi bo'limda jamoamiz posboni jarohati bor ekaniga qaramasdan maydonga chiqdi va g'alaba uchun o'z hissasini qo'shdi.

- Darvozabonda qanday jarohat bor edi?

- Raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdi. Ikkinchi bo'limda uning jarohatda ekani yaqqol sezilib turdi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia