Antuan Grizmann: "Barselona"da yomon o'ynamayapman, men allaqachon 3ta gol urdim"

Alisher
25 sen 2019, 13:29
"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann "Vilyarreal" (2:1)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Bizda muvaffaqiyatsiz paytlar bo'ldi. Biz bundan buyog'iga yaxshiroq bo'la olamiz va ishlashda davom etamiz. Bizda hali jamoaga to'liq moslashib ulgurmagan futbolchilar bor.

Hozir biz eng yaxshi holatimizda emasmiz. Bu yerda "Atletiko"dan farqli ravishda boshqa vazifada o'ynayapman. Men boshqa poziciyada o'ynayapman.

Juda yomon o'ynayapman deya olmayman, axir 3ta gol urdim", - deydi Grizmann.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es