Antuan Grizmann "Atletiko"dan o'zining shartnomasini sotib oladi?

Alisher
10 iyul 2019, 16:30
"Barselona" "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmanni sotib olish uchun mablag' topa olmayapti.

Fransiyalik o'yinchi "matraschilar"ga 120 million evro to'lagan holda o'z shartnomasini sotib olishga tayyor.

1 iyuldan boshlab futbolchining tovon puli 200 milliondan 120 million evroga tushgan edi.

Kataloniyaliklar mavsumoldi tayyorgarlikni 14 iyulda boshlashi sababli shartnomani tezroq imzolashga shoshilishmoqda. "Barselona" keyinchalik futbolchini barcha xarajatlarini qoplamoqchi.

Takidab o'tish kerakki, Grizmann belgilangan tovon pulini tezroq to'lashi kerak, aks holda jamoa mashg'ulotlarida qatnashishiga to'g'ri keladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport