Antuan Grizmann: "Atletiko"da barcha futbolchi yetakchi"

11 fev 2016, 02:15
"Atletiko" to'purari Antuan Grizmann jamoasining asosiy kuchi nimada ekanligini aytib o'tdi.


"Biz uchun barcha musobaqa juda muhim. Eng muhimi bu albatta Ispaniya chempionati. Primeroda har o'yinda g'alaba qozonishni istaymiz. Mavsum oxirida qanday natija qayd etishimizni ko'ramiz. Yevropa chempionlar ligasida ham o'zimizni juda qulay his qilyapmiz. PSV bilan bo'ladigan bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. "Atletiko"ning kuchini siri - bu jamoada barcha futbolchi yetakchi", - deydi Antuan Grizmann.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Espana