Antonio Konte: "Agar xohlasak, g'alaba qozona olishimizni ko'rsatdik"

Tolibjon Qosimov
6 noya 2017
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoasining APL 11-turida "Manchester Yunayted" ustidan qozongan g'alaba (1:0)sidan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu muhim g'alaba. "Manchester Yunayted"ga qarshi o'ynaganingda, bu har doim qiyin uchrashuv bo'ladi. Bu jamoa qanchalik kuchli ekanligini yaxshi bilamiz. Bu g'alaba bizga ishonch beradi. Biz mag'lub bo'lishimiz yoki g'alaba qozonishimiz mumkin edi. O'tgan mavsum har bir o'yinda xarakter ko'rsatgan edik. Bu mavsumni esa ko'plab muammolar bilan boshladik. Lekin, bugun agar xohlasang g'alaba qozona olishimizni ko'rsatdik", - dedi Konte.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports