
- O'yin oldidan bizning futbolchilar kutilmagan ishlarni amalga oshirishlariga ishongandim. Italiyani yarmi "Atletiko"ga, yarmini "Barselona"ga qiyoslashgandi. Bu menimcha maqtovli so'zlar. Juda xursandmiz. Kecha aytganimdek, Ispaniya bizdan kuchliligini amalda isbotlashi kerak edi. Natijani ko'rdingiz. Biz haqli ravishda chorak finalga yo'l oldik. Motta Germaniyaga qarshi o'yinni diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuboradi. Bu yo'qotish. Endi men bor e'tiborimni Germaniyaga qarshi bahsga qaratishga majburman. Jamoa tezroq tiklanishi kerak. Bizni musobaqadagi eng qiyin o'yin kutmoqda.