

- Biz Yevropa chempionatida favoritlar qatorida emasmiz. Turnirda Germaniya, Ispaniya, Fransiya, Belgiya va ko'pchilik mensimayotgan Angliya ham favoritlar qatorida. Shaxsan men Yevropa chempionatini intizorlik bilan kutyapman. Men doim butun mamlakat qo'llab-quvvatlaydigan bosh murabbiylarga havas qilardim. Tez orada men ham ushbu baxtli onga erishaman. Yevropa chempionatida terma jamoa boshqaruvida bo'lish juda yoqimli. Italiya Jahon chempioni bo'lgan vaqtda A Seriyada italiyalik futbolchilar 64%ni tashkil etishardi. Hozirchi? Ayni paytda Italiya chempionatida 34% mahalliy futbolchilar mavjud. Terma jamoaga loyiq ma munosib futbolchini tanlab olish qiyin. Avvalgidek tanlov katta emas bizda.



