Antonio Konte: "Bu "Yuventus" Chempionlar ligasini yuta olmasligidan qo'rqaman"

30 may 2014, 01:58
"Yuventus" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoasi Chempionlar ligasida g'alaba qozona olmasligidan qo'rqishini aytib o'tdi.

Chempionlar ligasidagi g'alaba? Hazillashmayapman, men muxlislarimizni hurmat qilaman.
Sizlar mendan "Yuventus" Chempionlar ligasini yuta oladimi deb so'rasanglar, men ha deb javob beraman. Agarda ushbu "Yuventus" yuta oladimi deb so'rasanglar, men yuta olmasligidan qo'rqaman.
Men hamma musobaqadalarda g'alaba qozonishni istayman. Mening murabbiylik faoliyatim endi boshlandi va rejalarim ko'p.
Bunday musobaqalarda chempion bo'lish uchun ko'p mehnat qilishimiz kerak. Chempionlar ligasi bu juda katta turnir. Bu yerda osonlik bilan g'alaba qozonib bo'lmaydi.


Manba: sports.ru