Antonio Di Natale: "Men ham Jahon Chempionatiga borishni istayman"

Narzulla Saydullayev
10 okt 2013, 21:32
"Udiineze" hujumchisi Antonio Di Natale Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Chezare Prandellining jamoaga Tottini chaqirishi mumkin ekani haqidagi intervyusiga izoh berib, u ham Jahon Chempionatiga borishni istayotganini ta'kidladi.
"Men 36 yoshdaman va hozirgacha Italiya chempionatidagi eng sermahsul hujumchilardan biri bo'lib turibman. Totti - birinchi raqamli futbolchi! Biroq men ham jahon chempionatiga borishni juda istayman va buning uchun bor kuchimni ishga solaman", dedi Di Natali.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net