

Uchrashuvda raqib darvozasini ishg'ol etgan Antoni MYUdagi dastlabki uch o'yinning barchasi gol urgan klub tarixidagi ilk futbolchiga aylandi. Braziliyalik hujumchi “Arsenal” (3:1) hamda “Manchester Siti” (3:6) bilan uchrashuvlarda o'z nomini tabloga yozdirgandi.
Eslatib o'tamiz, 22 yoshli futbolchi o'tgan yoz “Ayaks”dan “qizil iblislar” safiga kelib qo'shildi va klub bilan 2027 yil (bir yilga uzaytirish sharti bilan)ga qadar shartnoma imzoladi.



