Antoni Marsyal MYUga g'alaba keltirganidan keyin nimalar dedi?

Tolibjon Qosimov
28 okt 2017
Biroz avval APL 10-turi doirasida "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Tottenxem"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvdagi yagona golni 81 daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Antoni Marsyal kiritdi. Antoni o'yindan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu biz uchun juda muhim edi, gol urganimdan baxtliman.

Men o'ynashni xohlayman, zaxirada o'tirishni emas. Lekin, Reshford ham juda yaxshi o'ynamoqda, shuning uchun ham ikkimizda ham imkon bo'layapti", - dedi Marsyal.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/Squawka