


"Dunyodagi eng mashhur klublardan biriga qo'shilish – men uchun uchun ajoyib lahza. Menga ishongan barchadan, ayniqsa, oilamdan, shuningdek, barcha murabbiylarim va jamoadoshlarimdan minnatdorman, chunki ularsiz bu erga yetib kela olmasdim.
Erik ten Xag qo'l ostida "Ayaks"da o'ynash rivojlanishim uchun ideal joy edi. Uning futbol uslubi va murabbiyligi eng yaxshi qirralarimni ochib beradi. Uning Manchestyerda o'z oldiga qo'ygan maqsad va rejalari menga mankur keldi.
"Ayaks"dagi vaqtim fantastik o'tdi. Menga ishonishgani uchun hamisha ulardan minnatdorman, ammo endi navbatdagi sinovga tayyorman va jamoadoshlarim safiga qo'shilib, "Manchester Yunayted" muvaffaqiyatiga hissa qo'shishni sabrsizlik bilan kutyapman", – dedi braziliyalik futbolchi.



