

18 yoshli ispaniyalik futbolchi Angliya klubi tomonidan yuqori maosh taklif etilganiga qaramay, Kataloniya jamoasida qolishni xohladi.
Oldinroq ma'lum bo'lganidek, Fati "Barselona" bilan yangi shartnoma imzolaydi. Futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Fati - "Barselona" tarbiyalanuvchisi. 1 sentyabrda ma'lum bo'lganidek, u jamoada oldin Lionel Messi harakat qilgan 10-raqam ostida to'p tepadi.



