Anselmino "Chelsi"ga o'tgandan keyin: "Bolaligimdan buni orzu qilardim"

Omonjon To`xtamirzayev
8 avg 2024
"Boku Xuniors" himoyachisi Anxel Anselmino bolaligidan "Chelsi" kabi klubga o'tishni orzu qilganini ma'lum qildi.

Avvalroq, "Chelsi" Anselminoni "Boka Xuniors"dan transferini kelishgani va ushbu mavsumni futbolchi Argentinada o'tkazishi ma'lum bo'lgandi.

Anxelning o'zi ushbu transferga quyidagicha munosabat bildirdi:

"Men juda baxtliman. Barchasi juda tez yuz berdi. Men bu haqida kichkina bolakayligimda orzu qilganman. Hammasi omadli o'tmoqda va shunday davom etadi deb umid qilaman. Har bir futbolchi bunday imkoniyatga ega bo'lishni orzu qiladi va men juda xursandman", - dedi Anselmino "ESPN"ga bergan intervyusida.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: ESPN