Anri: "Sterlingning agentlari yigitchaning faoliyatini yo'q qiladi"

Aslanov Jasurbek
21 may 2015, 16:41
"Arsenal" sobiq hujumchisi Terri Anri "Liverpul" yarim himoyachisi Rahim Sterlingni tanqid qildi.

"Hammamiz yigitchaga noto'g'ri maslahat berilganini bilib turibmiz. Matbuotda o'z shartnomasining shartlarini muhokama qilish noto'g'ri. Muxlislarni va o'zing o'ynayotgan klubni hurmat qilishing zarur.

Avvaliga qolish yoki qolmaslikni xal qil. Bu borada gazeta sahifalarida gapirish kerak emas. Maslahatchi, agentlarni ortiga berkinmay, erkakligingcha qolib, javobgarlikni bo'yningga olishing lozim. Sterling o'ziga kelib olishi va quyidagi so'zlarni aytishi kerak: "Sizlar mening hayotim va faoliyatimni buzyasiz.

Men Sterlingni "Arsenal"da ko'rishni istardim. Ammo u "Liverpul" futbolchisi" - deydi Anri.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com