

"Agar Mbappe u erga o'tsa ["Real"ga], ularda Yevropa va o'z ligalarida ehtimol olti-etti yil mobaynida yetakchilik qiladigan jamoa bo'ladi, sababi ularning barchasi yosh", – deydi "Arsenal", "Barselona" va Fransiya terma jamoasi sobiq forvardi.
Eslatib o'tamiz, Kilian Mbappe "Real"ga erkin agent maqomida o'tish uchun PSJ bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi.
Hujumchi Liga 1da joriy mavsum 21ta gol urdi va to'purarlar jadvalida yetakchilik qilmoqda.



