Anri Mbappe bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi

Оқил Абдубарноев
15 avg 2022, 22:21
Fransiyalik sobiq futbolchi Terri Anri tanqidlarga uchragan hamyurtini qo'llab-quvvatladi.

Mbappe Liga 1 doirasidagi "Monpele"ga qarshi o'yindagi harakatlaridan keyin jamoadoshlari bilan kelishmovchilikda va haddan tashqari xudbinlikda ayblangandi.

"Albatta, Mbappe bu mavsumda hali o'zining yuqori darajasiga erisha olgani yo'q, lekin u hech kimga hech narsani isbotlashi shart emas. Murabbiy Messi, Neymar va Mbappeni jipslashtirishning yo'lini topishi kerak.

PSJ uchun mojarolar va boshqa shunga o'xshash vaziyatlar normal holat. Jamoa 5:2 hisobida g'alaba qozondi, lekin hamma Mbappening nojo'ya ishlari haqida gapirmoqda. O'tgan yili shunday holat Neymar bilan sodir bo'lgandi. PSJdek jamoadek bunday voqealar sodir bo'lishi tabiiy", - dedi Anri.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Mirror