Anri Fransiya terma jamoasi haqida: "Yangi murabbiy kim bo'lishini barchamiz bilamiz"

Administrator
10 sen 2025, 21:44
Terri Anri Dide Deshamning Fransiya terma jamoasidagi vorisi allaqachon belgilanganini ma'lum qildi.

Bosh murabbiy 2026 yilgi jahon chempionatidan so'ng milliy jamoani tark etishini avvalroq aytgan edi. Uning o'rnini Zinedin Zidan egallashi kutilmoqda.

Anridan ushbu lavozimga da'vogarlik qilish istagi bor-yo'qligi so'raldi. Javobida Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Zidanning ismini to'g'ridan-to'g'ri aytmagan holda, unga ishora qildi.

"Nima deb javob berishni bilmayman.

Yangi murabbiy kim bo'lishini barchamiz bilamiz. Buni siz ham, men ham bilaman.

Men unga eng yaxshi tilaklarimni izhor etaman," - dedi Anri CBS telekanaliga.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: CBS