Anri: "Chelsi" chempion bo'ladi"

Aziz Tukhtamuradov
1 fev 2015, 19:16
"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Terri Anri "Chelsi" va "Manchester Siti" jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Siti"ga qoyil qolish kerak. Kim bu mavsumda "Stemford"da durang o'ynay oldi? Hech kim. "Siti" to'pni nazorat qila oldi. Ko'plab vaziyatlar sodir etdi. To'g'ri, ular g'alaba qozona olmadilar. Ammo, raqib "Chelsi" ekanligini yoddan chiqarmaslik zarur. "Siti" ochko ishlab oldi desak ham bo'laveradi.

"Chelsi" chempion bo'ladi deb o'ylayman", - deydi sobiq futbolchi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru