Anri: "Anchadan beri Oksleyd-Chemberlenni kuzataman va u nimada kuchli ekanligini tushunmayman"

Aslanov Jasurbek
10 sen 2017, 13:17
"Arsenal" sobiq hujumchisi, hozirda televideniyada futbol eksperti sifatida faoliyat yuritayotgan Terri Anri "to'pchilar" safidan "Liverpul"ga o'tgan yarim himoyachi Aleks Oksleyd-Chemberlen haqida fikr bildirdi.

"Anchadan beri Oksleyd-Chemberlenni kuzataman va u nimada kuchli ekanligini hozirgacha tushunmayman. Har bir futbolchida kamchilik topish mumkin, biroq kuchli tomonlar ham ko'rinib turadi. Aleks esa nimani ustida ishlashi mumkinligini namoyish etishi lozim" - deydi Anri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports