Angliyada xorijlik futbolchilarga nisbatan cheklov kuchaytirilishi mumkin

Оқил Абдубарноев
6 mar 2023, 01:17
Angliya futbol assotsiatsiyasi rahbariyati mahalliy chempionatga xorijlik futbolchilarning kirib kelishidan xavotirda, bu esa Breksit (Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi)ning kutilmagan oqibati bo'ldi.

Assotsiatsiya ijrochi direktori Mark Bullingemning aytishicha, ingliz klublari so'nggi ikki transfer oynasida avvalgidan ikki baravar ko'p xorijlik o'yinchilar bilan shartnoma imzolagan. Garchi hozirda Yevropa Ittifoqi davlatlaridan futbolchilar bilan shartnoma imzolash qiyinroq bo'lsa-da, Breksitdan keyingi qoidalar yevropalik bo'lmagan futbolchilar bilan shartnoma imzolashni ancha osonlashtiradi. Assotsiatsiya klublardagi xorijliklar soniga yangi cheklovlar kiritishi mumkin, chunki o'yinlarda britaniyaliklarga kam vaqt ajratila boshladi.

Qayd etilishicha, Premer-ligada o'tgan hafta maydonga tushgan futbolchilarning atigi 28 foizi inglizlar bo'lgan, butun mavsum davomida esa bu ko'rsatkich taxminan 30 foizni tashkil etgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Times