Angliyada bugun super o'yin o'tkaziladi

Tolibjon Qosimov
26 sen 2018, 16:08
Angliyada Liga kubogining 3-bosqich bellashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Kecha nimchorak finalning 10ta ishtirokchisi nomini bilib olgan edik. Bugun esa yana 5ta juftlik 1/16 final uchun kurash olib boradi. Keyingi bosqichning so'nggi vakilini 2 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan "Everton" - "Sautgempton" uchrashuvidan so'ng bilib olamiz.

Angliya Liga kubogi. Mourinyo shogirdiga mag'lub bo'ldi

Angliya Liga kubogi. “Man Siti”, “Fulxem” va “Bornmut” keyingi bosqichga yo'l olishdi

Kecha Angliya Liga kubogining bu yilgi bahslari haqida qisqacha ma'lumot berib o'tgan edik.

Bugun APL vakillaridan "Arsenal", "Vest Xem", "Tottenxem", "Uotford" kabi jamoalar o'yinlarda qatnashishadi. Bundan tashqari, muxlislar "Liverpul" va "Chelsi" jamoalari o'rtasidagi super o'yinga guvoh bo'lishlari mumkin.

Mavsumni ketma-ket g'alabalar bilan boshlagan Yurgen Klopp shogirdlari faqatgina o'tgan turda ochko yo'qotgan Mauricio Sarri jamoasiga qarshi "Enfild"da maydonga tushishadi.



"Liverpul" mavsumni barcha musobaqalardagi 7ta g'alaba bilan boshladi. Jamoa juda yaxshi formada. Lekin, bugun katta ehtimol bilan har ikkala mutaxassis ham rotaciyaga qo'l uradi. Tarkiblarda o'zgarishlar etarlicha bo'ladi. "Qizillar"ni qiyin grafik kutib turibdi. Oxirgi ikki bahsda PSJ (3:2) va "Sautgempton" (3:0) bilan o'ynagan mersisaydliklar bugun "Chelsi" bilan, keyin shanba kuni APL 7-turi doirasida yana bir bor "Chelsi"ga qarshi, bu safar mehmonda to'p tepadilar. Undan keyin esa YCHL doirasida Neapolda "Napoli" mehmoni bo'lishadi. Xullas, Klopp va uning jamoasini oson bo'lmagan o'yinlar kutib turibdi.

"Chelsi" hujumkor o'yini bilan ketma-ket chiroyli g'alabalarni qo'lga kiritib kelayotgan edi. Lekin, oxirgi ikki o'yinda jamoa gol urishga qiynaldi. Yevropa ligasida Gretsiyaning PAOK klubini bor yo'g'i 1:0 hisobida taslim etildi. APL 6-turida esa "Vest Xem" bilan nursiz durang (0:0) qayd etildi. Sarri 4-3-3 taktik sxemasidan foydalanadi va uning jamoasi doimo raqibga bosim uyushtiradi. Aytgancha, Kloppning "Liverpul"i ham aynan shu sxemada harakat qiladi. Italiyalik murabbiy asosiy futbolchilar bilan o'yinni yaxshi quradi. Ammo, rotaciyalarga qo'l urganda bu qanchalik o'zini oqlaydi, buni bugun bilib olamiz.

O'yindan oldingi matbuot anjumanida Sarrining yordamchisi Janfranko Zola Azar haqida shunday dedi: "Aftidan, Azar qanchalik ko'p o'ynasa, shunchalik kuchli bo'lib boraveradi".

Angliya Liga kubogi
"Carabao Cup"
, 3-bosqich
26 sentyabrdagi o'yinlar

23:45. "Arsenal" - "Brendford"
23:45. "Vest Xem" - "Makklfild Taun"
23:45. "Liverpul" - "Chelsi"
23:45. "Nottingem Forrest" - "Stok Siti"
00:00. "Tottenxem" - "Uotford"



"Liverpul" va "Chelsi" 4 kun ichida o'zaro ikki bor bellashadi. Birinchisi Liga kubogi doirasida, ikkinchisi esa APL 7-turida. Juda katta ehtimol bilan har ikkala jamoa murabbiylari bugun rotaciya qilishadi, shanba kuni esa eng mukammal tarkib maydonga tushadi.


Bugun namoyish etiladigan futbolga oid ko'rsatuvlar jadvali (Sport TV, Match TV, Futbol TV)

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia