Angliyada 10 noyabr kuni ilk marotaba videotakror tizimidan foydalaniladi

Aslanov Jasurbek
8 noya 2017, 13:58
"Uembli" stadionida o'tadigan Angliya va Germaniya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi Angliya futbol federatsiyasi (FA) uchun videoassistent tizimidan foydalanilgan ilk bahs bo'ladi.

O'yinni Pavel Rachkovskiy boshchiligidagi polshalik hakamlar brigadasi boshqaradi.

FA vakilining ma'lum qilishicha, xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi "Uembli"da videoassistent tizimini tekshiruvdan o'tkazdi va  undan foydalanishga ruxsat berdi.

Angliya va Germaniya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 10 noyabr kuni bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times