Angliya TJ 29 yil oldingi antirekordini takrorladi

Eldor Akmurzayev
27 sen 2022
“Uembli”da Millatlar Ligasi guruh bosqichidan o'rin olgan 6-tur bahs Angliya va Germaniya o'rtasida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda 3:3 hisobi qayd etildi. Inglizlar qatorasiga 6 o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmay kelishmoqda: Germaniya – 1:1 va 3:3, Italiya – 0:0, Vengriya – 0:1 va 0:4, Italiya – 0:1.

Opta manbasiga ko'ra, Angliya termasi g'alabasiz seriya bo'yicha 1993 yildagi antirekordini takrorladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta