Angliya terma jamoasining sardori kim bo'lishi e'lon qilindi
Aslanov Jasurbek
22 may 2018, 13:02
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt JCH-2018da jamoa sardori kim bo'lishini e'lon qildi.
Mutaxassisning mashg'ulotda aytgan so'zlariga ko'ra, "Tottenxem" forvardi Garri Keyn Angliya terma jamoasi sardoriga aylandi. Futbolchi milliy jamoaning bir nechta o'yinida ham sardorlik bog'ichi bilan harakat qilgan edi.