Angliya terma jamoasini boshqarish uchun asosiy nomzod ma'lum

Khoja
12 sen 2024
Ayni vaqtda Angliya terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi Li Karsli bilan to'liq muddatga shartnoma tuzilishi mumkin.

FA rahbariyatiga sentyabr oyida bo'lib o'tgan Angliya terma jamoasining o'yinlari maqul kelgan. 

Lidan tashqari terma jamoani boshqarish uchun Eddi Xau, Grem Potter va Frenk Lempard kabi nomzodlar ham bor.  

Eslatib o'tamiz, Li Karsli bundan avval Angliya yoshlar terma jamoasida ishlagan. Uning boshqaruvida jamoa 40 yillik tanaffusdan so'ng Yevropa chempionatida g'alaba qozonishgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com