Angliya terma jamoasi kecha basseyn va trenajer zalda shug'ullandi + FOTO

Tolibjon Qosimov
5 iyul 2018, 21:27
Rossiya yashil maydonlarida Jahon chempionati-2018 davom etmoqda.

Angliya terma jamoasi 7 iyul kuni Shvetsiya bilan yarim final yo'llanmasi uchun bahslashadi.

Inglizlar kecha Garet Sautgeyt boshchiligida nimchorak final joirasidagi Kolumbiyaga qarshi o'yin (1:1, penaltilar seriyasi 4:3)dan keyin tiklanish jarayonini o'tkazishdi. Bunda jamoa basseyn va trenajer zalda shug'ullandi.

Dastlab futbolchilar muz solingan maxsus "vanna" qabul qilishdi.


Erik Dayer muzli "vanna"da qiynalmoqda)


Jordan Xenderson va Kiran Tripper.


Denni Uelbekning kayfiyati mutlaqo a'lo darajada.


Shundan so'ng o'yinchilar trenajer zaliga o'tishdi.


Sterling, Pikford va Alli.


Bosh murabbiy va sardor o'zaro suhbatlashishmoqda.



O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: dailymail.co.uk