Angliya terma jamoasi darvozaboni Batlend Evro-2016ga bora olmaydi

Narzulla Saydullayev
28 mar 2016, 07:45
Angliya terma jamoasi posboni Jek Batlend Germaniyaga qarshi o'yinda (3:2) jiddiy jarohat oldi.

23 yoshli futbolchining oyoq suyagi singan. Darvozabon uch oyga safdan chiqdi va Evro-2016ni ham o'tkazib yuboradi. Germaniyaga qarshi o'yinda Batlend jarohat olgach maydonni shifokorlar yordamidagina tark etdi.

Bu mavsumda Jek Stok Siti safida 31ta o'yinda maydonga tushib 37ta gol o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com