
MATNLI TRANSLYATSIYA
YANGILASH
E'tiboringiz uchun raxmat. Hamisha sog' va salomat bo'ling!
"Manchester Siti" ishqibozlariga sabr tilab qolamiz, "Arsenal" muxlislariga esa g'alaba muborak bo'lsin. Bugun ular xursandchilik qilishga xaqlilar.
90+2-daqiqaUchrashuv yakunlandi. Hal qiluvchi musobaqa bo'lmasada, kubok uchun bo'lgan final uchrashuvida "Arsenal" "Manchester Siti"dan ustun keldi.
90+1-daqiqa"Man Siti" muxlislari sekin-asta stadionni tark etishmoqda, axir hali uygacha yetib olish kerak.
90-daqiqa Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 2 daqiqa qo'shib berildi. Milner Navasning uslubida qanotdan oldinga o'tdi va to'pni jarima maydoniga oshirdi, lekin u yerda hamon "to'pchilar" hukm surmoqda.
89-
88-daqiqa"Manchester Siti" xatto oldinga ham o'tgisi kelmay qoldi, yoki raqib bunga imkon bermayabdimi...
84-daqiqa O'zgarish: "Arsenal"da Joel Kempbel, "Man Siti"da Skot Sinkleyr maydonga tushdi.
76-daqiqaLondonlik muxlislarning ko'chasida bugun bayram.
74-
72-daqiqa"Arsenal"ni ushbu natija qanoatlantirishi tabiiy va shu sababli ular oldinga o'tishga shoshilishmayapti.
70-daqiqa"Arsenal" ancha ishonchli o'yin namoyish etmoqda. Yaya Ture, Xesus Navas va yana bir qator yulduzli "shaharliklar" raqib darvozasi tomon yo'l topa olishmayapti.
69-daqiqaSo'nggi yillarda, statistik ma'lumotlarga ishonsak, "to'pchilar" ko'proq o'ng qanotdan hujum uyushtirar ekanlar. Bugungi uchrashuvning birinchi bo'limida ham bunga guvoh bo'ldik. Yangi jamoadoshligiga qaramay Sanches+Debyushi juftligi ancha faol o'yin namoyish etishdi va jamoaning gollarida bevosita ishtirok etishdi.
67-daqiqa "Man Siti" futbolchilari avvaliga hech bo'lmasa bitta gol urishga intilishmoqda.
65-daqiqa O'zgarish: Santi Kasorla o'rniga Tomash Rosicki
64-daqiqaYaqindagina maydonga tushgan Sukulini hammani "o'rish"bilan ovora. Navbat darvozabon Shensniga. Darvozabon maydonda cho'zilib yotibdi.
62-daqiqa O'ngroqdagi sherigidan to'pni qabul qilib olgan Jiru, tana harakati bilan to'pni oldinga o'tkazib oldi va Kabaleroning oldinroqqa chiqqanidan foydalanib, to'pdan ko'zinin uzmay turib ham, uni darvozabonning bo'yidan oshirib tashlab qo'ydi.
61-daqiqa GOOOOOL!!! Olive Jiru!!!
59-daqiqaKo'ramiz yangi futbolchilar jamoasi o'yiniga o'zgartirish kirita olarmikin.
58-daqiqa Yaya Ture va Edin Jeko maydonni tark etishdi.
57-daqiqa Yana o'zgarishlar tayyorlanmoqda. Sukulini va Milner maydonga tushishga hozirlik ko'rmoqda.
55-daqiqa "Manchester Siti"ning tezkor hujumi David Silvaning zarbasidan so'ng, Shensni katta qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.
54-daqiqa Burchak to'pi. Uzoq harakatlardan so'ng Klishi to'pni jarima maydonchasidan uzoqlashtirdi.
52-daqiqa Navas qanotdan oldinga qochib ketdi va jarima maydonchasiga to'pni etkazib berdi. Yovetichning zarbasi noaniq.
49-daqiqa Ketma-ket"Arsenal" hujumlari qoida buzish yo'li bilan to'xtatib qolinmoqda.
48-daqiqa Siti oldinga o'tishga harakat qilib ko'rdi, Monreal o'z o'rnida.
47-
O'zgarishlar: Nasrining o'rniga David Silva,
Yaya Sanogo o'rniga Olive Jiru, Loran Koselni o'rniga Nacho Monreal, Aleksis Sanches o'rniga Oksleyd-Chemberleyn.
Ikkinchi bo'lim boshlanmoqda.
Birinchi bo'limda "Arsenal" har jabhada raqibdan ustunlik qildi.Buni statistika ham ko'rsatib turibdi. Zarbalar: 7-3 (3-0), o'yindan tashqari holat: 2-0 va xatto qoida buzish bo'yicha ham kichik ustunlik Arsen Venger shogirlari tarafida: 7:6.
"Arsenal" uchrashuvni yorqin va tezkor o'yin bilan boshladi va raqibni esankiratib qo'ya oldi. Tezkor goldan so'ng ham "Man Siti" raqib jarima maydonchasiga yaqinroq xududda aytarli hech nima qila olmadi. Ana endi murabbiylarning (bu gap ko'proq Pellegriniga tegishli) bosh qotirish navbati!!!
45+1-daqiqa Qo'shib berilgan daqiqa ham maydon markazida o'tib ketdi. Tanaffus.
45-daqiqa Har ikki jamoa birinchi bo'lim fkunlanishini kutayotganday. Hakam esa 1 daqiqa qo'shib berdi.
44-daqiqaSaaal qolsa, Sanches darvozabon bilan "uchrashuv"ga chiqib ketay dedi, lekin o'zini ham aldab yubordi.
43-daqiqa"Manchester Siti" futbolchilari uchrashuv bu taqlid davom etishini kutishmagani aniq. Ularning harakaida o'z kuchiga ishonch sezilmayabdi.
42-daqiqa GOOOOOOL!!! Aaron Remsi!!! Sitining navbatdagi hujumini oxiriga etmay, qarshi hujumga o'tib ketgan "kanonirlar" (Aleksis Sanches) himoyachini o'ziga yaqinlashishini kutib turdi va Yaya Sanogoga to'pni etkazdi. Francuz o'z navbatida qulayroq vaziyatdagi Remsiga ajoyib pas berdi va hisob o'zgardi.
38-daqiqaKolarovning to'p oshirishi lekin jarima maydonchasi ichidagilar to'pga eta olishmadi.
35-daqiqaSanches oldinga o'tdi va to'pni sheriklariga etkazmoqchi bo'ldi, lekin bir oz aniqlik yetishmadi.
32-daqiqaKolarov yaxshi harakat qildi, lekin uning harakatlarini sheriklari tushinishmadi.
31-daqiqa Bizga Bakari Sanyani ko'rsatib qo'yishdi. Xabaringiz bo'lsa kerak, u endi Siti futbolchisi.
30-daqiqaQarshi hujumga otlangan Remsini Yaya Ture bir amallab to'xtatib qoldi.
29-daqiqa Muxlislarga negadir Nasri yoqmayapti. To'p unga tushishi hamonoq hushtakbozlik "bazmi" boshlanmoqda.
28-daqiqaKasorla xuddi qo'li bilan tashlab berganday aniq to'p oshirishini amalga oshirdi. Sanchesning zarbasidan so'ng to'p Kabaleroning qo'liga borib tushdi.
26-daqiqaManchesterliklar oldinga o'tishga harakat qilishmoqda, lekin hozircha, raqib bunga imkon bermayabdi.
25-daqiqa"Arsenal" bunga qarshi emas va bir oz ortga qaytib oldi.
24-daqiqa To'p o'tkazibyuborganidan so'ng Siti futbolchilari ham jonlanib qolishdi.
22-daqiqa Goooool!!! Santi Kasorla!!! Siti futbolchilari o'z jarima maydonchalaridan uncha uzoq bo'lmagan joyda ishonchsiz harakat qilishdi va yuzaga kelgan tushugmovchilikdan Kasorla unumli foydalandi. Chamasi 17 metrlardan berilgan zarba va "Arsenal" oldinda.
18-daqiqa "Arsenal" raqibiga nisbatan tezroq harakatlanmoqda va to'pni ko'proq o'zida ushlab turibdi.
16-daqiqaRemsi jarima maydonchasi yorib kirdi, sheriklarini topa olmagach, o'zi zarba berdi. Boyata darvozabonni ham ovora qilmay qo'ya qolaylik dedi va to'pni qaytardi.
14-daqiqaNasri havodan kelayotgan to'pni o'ziga o'nglab zarba berdi, ammo to'p yo'liga Debyushi to'g'onoq bo'ldi.
12-daqiqaJamoalar maydon markazi atrofida ko'proq vaqtlarini o'tkazishmoqda.
10-daqiqaBurchak to'pi.Santi Kasorla uni amalga oshirdi. Omadsiz to'p oshirishi, to'p markazda turgan "shaharliklarga" borib tushdi.
9-daqiqaNastasich himoyada ishonchli o'yin namoyish etdi va to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
8-daqiqaMuxlislar orasida Frenk Lempard va Serxio Aguero o'tirishibdi. Ular hozircha jamoalariga yordam bera olishmaydi.
7-daqiqaDebyushi qanotdan oldinga o'tib, to'pni Sanogogaajoyib tarzda etkazib berdi. Lekin Yaya himoyachidan qocha olmadi va zarbagacha ish yetibbormadi.
6-daqiqaDarvoqe "Arsenal" muhlislari sezgandirlar, bugun hujumning oldingi chizig'ida Jiru emas, Sanog harakat qilmoqda.
5-daqiqa Nasri, Fransiyaga qaytmayman degan, Samir qanotdan oldinga o'tdi va to'pni jarima maydonchasiga etkazib berdi, himoyachilar o'z o'rnida.
4-daqiqa Hozircha bir oz bo'lsada ustunlik "to'pchilar" tarafdadek tuyulmoqda.
3-daqiqaRemsi aldamchi harakatlari bilan Boy ota ee yo'g'e, Boyatani chalg'itishga urunib ko'rdi. Ammo, na zarba bera oldi va na sheriklariga to'pni aniq etkazib berdi...
2-daqiqa Uilshir Aleksis Sanchesning pasidan so'ng jarima maydonchasiga yorib kirmoqchi bo'ldi, lekin to'p undan qochib ketdi.
Jamoalar o'zlarining odatiy liboslarida harakat qilishadi. "Arsenal" - qizil-oq, "Man Siti" futbolchilari esa havo rang formadalar.
1-daqiqa Uchrashuv boshlandi. Sizlar bilan yaqin ikki soat atrofida kamina Omonjon To'xtamirzaev bo'laman.
Mana bugungi uchrashuvdayoq, mavsumning birinchi rasmiy o'yinidayoq jamoalarning "novichok"lari ilk daqiqalardan maydonda harakat qilishini ko'rmoqdamiz.
Futbolchilar maydonga tushib kelishdi va chimning holatini yana bir bor ko'zdan kechirishmoqda.
Barcha-barchaga assalomu alaykum deb, matnli translyatsiyamizni boshlaymiz.
- O'yin soat 19:00da boshlandi.
Arsenal – Manchester Siti
10 avgust, 19.00, Uembli
Arsenal – Shchensni, Debyushi, Chembers, Koselni, Gibbs, Kasorla, Arteta, Sanches, Uilsher, Remzi, Sanogo.
Manchester Siti – Kabalero, Kolarov, Boyata, Nastasich, Klishi, Yaya Ture, Fernando, Navas, Nasri, Yovetich, Jeko.