Angliya premer-ligasi O'zbekistonga qaytdi!

Narzulla Saydullayev
20 noya 2015, 07:57
Uzreport kanali O'zbekiston hududida Angliya premer-ligasi o'yinlarini namoyish etish huquqini sotib olgani haqida xabar bergandik.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, telekanal shu haftadan boshlab Angliya premer-ligasi o'yinlarini jonli ravishda namoyish etishni boshlaydi.

21 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:45da "Uotford" - "Manchester Yunayted" o'rtasidagi o'yin bilan debyut nishonlanadi. O'sha kuni soat 22:30da "Manchester Siti" - "Liverpul" uchrashuvi ham jonli namoyish etiladi.

22 noyabrda "Tottenxem" - "Vest Xem" uchrashuvini ham Uzreport kanali orqali to'g'ridan-to'g'ri tomosha qilish mumkin.

O'xshash yangiliklar

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia