Angliya Premer-ligasi klublari qishda transferlar uchun 130 mln funt ishlatdi

Aslanov Jasurbek
3 fev 2015, 17:15
Angliya Premer-ligasi klubilari 2 fevralda yopilgan qishki transfer oynasida 130 mln funt sarfladi.

Bu mablag'ning yarmini "Chelsi", "Manchester Siti" va "Arsenal" ishlatdi. Eng qimmat xaridlar Xuan Kuadradoning "Chelsi"ga o'tishi (23,3 mln funt) va Vilfrid Bonining "Suonsi"dan "Manchester Siti"ga ko'chib o'tishi (28 mln funt) bo'ldi.

Qishki transfer oynasining rekordi 2011 yilda o'rnatilgan - o'sha yili klublar 225 mln funt sarflashgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com