Angliya. Muhammadali O'rinboev "Brentford B" tarkibida gol urdi va jamoasining g'alabasiga hissa qo'shdi

Administrator
11 may 2024, 02:19
"Brentford B" o'rtoqlik o'yinida irodali g'alaba qayd etdi.

O'zbekistonlik futbolchi harakat qilayotgan "Brentford B" jamoasi o'rtoqlik o'yinida "Bornmut U21" jamoasiga qarshi maydonga chiqdi. Birinchi bo'limni 1:2 hisobida boy bergan "Brentford B" ikkinchi taymda o'yinga qaytib beshta gol urdi. Ikkinchi taymda maydonga tushgan Muhammadali O'rinboev 66-daqiqada hisobni 2:2 ko'rinishga olib keldi. Shundan so'ng, "Brentford B" raqibiga umuman imkoniyat qoldirmadi.

"Brentford B" - "Bornmut U21" 6:2

Gol: O'rinboev 66'



O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia