

“Qizil iblislar” 1992, 2006, 2009, 2010, 2017, 2023 yillarda muvaffaqiyatga erishgan. Bu borada ulardan oldinda “Liverpul” (9 ta titul) hamda “Man Siti” (6) bor. “Chelsi” va “Aston Villa”da beshtadan sovrin bo'lsa, “Tottenxem” va “Nottingem Forest” Liga Kubogida 4 martadan muvaffaqiyatga erishgan.
“Nyukasl” esa 2-marotaba (1976 yildan beri ilk bor) musobaqa finaliga chiqib, yana omadsizlikka uchradi.
Finalga chiqish borasida rekord esa “Liverpul”ga tegishli – 13 ta. MYU o'z navbatida bu borada ikkinchi (10 ta final) bo'lib turibdi.



