Angliya. Lester 10 kishi bo'lib mag'lubiyatdan qutulib qoldi, Midlsbrodan yirik g'alaba

Narzulla Saydullayev
17 dek 2016, 22:01
APL 17-turida Lester kamchilikda Stok Siti bilan durang o'ynadi (2:2), Midlsbro o'z uyida Suonsini yirik hisobda mag'lub etdi (3:0).
"Vest Xem" o'z uyida "Xall Siti"ni mag'lub etdi. O'yindagi yagona gol Mark Nobl tomonidan penaltidan urildi - 1:0. "Midlsbro" o'z muxlislari qarshisida yirik g'alabani tantana qildi. Alvaro Negredo birinchi bo'limda dublga erishdi. Tanaffusdan so'ng De Ron yakuniy natijani o'rnatdi - 3:0.

"Stok Siti" - "Lester" uchrashuvi haqiqiy trillerga aylandi. Bahsning 28-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Jeymi Vardi maydondan chetlatildi. Shundan keyin mezbonlar Boyan Krkich va Jo Allenning gollari evaziga oldinga o'tib olishdi. Bahs tugashiga 15 daqiqa qolganida "Lester" 0:2 hisobida ortda borayotgandi. Biroq Uloa va Amarti tomonidan urilgan gollar evaziga kamchilikda bo'lishiga qaramay mag'lubiyatdan qutulib qoldi - 2:2.

"Sanderlend" o'z maydonida "Uotford"dan ustun keldi. Mezbonlarga g'alaba keltirgan golni himoyachi Patrik van Anxolt urdi - 1:0. 


Angliya chempionati

17-tur

Vest Xem – Xall 1:0
Gol:
1:0 – 76, penalti Nobl.
Vest Xem – Rendolf, Rid, Ogbonna, Kressuell, Antonio, Obiang (Fernandesh, 46), Kuyate, Lansini (Ayyu, 46), Nobl, Payet, Kerroll.
Xall –   Marshall, Douson, Devis, Robertson, Maguayr, Klukas, Al-Muxammadi, Snodgrass, Livermor (Xenriksen, 69), Xaddlstoun (Bouen, 86), Mbokani (Diomande, 70).
Ogohlantirishlar: Livermor (32), Obiang (36), Nobl (60), Douson (74), Xenriksen (84).


Midlsbro – Suonsi 3:0
Gollar:
1:0 – 18 Negredo, 2:0 – 29, penalti Negredo, 3:0 – 58 de Ron.
Midlsbro – Valdes, Chembers, Fabio (Traore, 87), Barragan, Gibson, de Ron, Kleyton, Ramires (Frend, 62), Forshou, Fisher (Dauning, 12), Negredo.
Suonsi –   Fabianski, Mouson, Teylor, Ranxel, Amat, Sigurdsson, Britton (Fer, 70), Rautledj (Montero, 77), Fulton, Barrou (Baston, 59), Lorente.
Ogohlantirishlar: Negredo (90).


Stok Siti – Lester 2:2
Gollar:
1:0 – 39, penalti Krkich, 2:0 – 45 Allen, 2:1 – 74 Uloa, 2:2 – 88 Amarti.
Stok Siti – Grant, Shoukross, Piters, Djonson, Martins Indi, Imbula, Uelan (Sobxi, 90), Allen, Krkich (Adam, 83), Uolters, Diuf.
Lester –   Shmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson, Xut, King, Amarti, Olbrayton (Grey, 72), Marez (Musa, 80), Slimani (Uloa, 72), Vardi.
Ogohlantirishlar: Simpson (38), Slimani (43), King (43), Fuks (45), Olbrayton (45), Djonson (48), Xut (48), Piters (67).
Chetlatish: Vardi (28).


Sanderlend – Uotford 1:0
Gol:
1:0 – 49 van Anxolt.
Sanderlend – Pikford, Denayer, Kone, van Anxolt, Djilobodji, Yanuzay (O′Shi, 80), Ndong, Lav (Larsson, 88), Borini, Anichebe, Defo.
Uotford –   Gomes, Predl (Kabasele, 31), Britos, Xolebas, Kabul (Yanmat, 78), Bexrami, Amrabat, Kapu, Suniga (Saksess, 56), Dini, Igalo.
Ogohlantirishlar: Yanuzay (36), Bexrami (45), Kabul (75).


Saytimizning Instagram dagi sahifasi - instagram.com/championat.asia

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia