Angliya kubogi. "Uotford" finalda "Manchester Siti" bilan bellashadi

7 apr 2019, 22:55
Angliya kubogining hal qiluvchi pallasi yaqinlashib kelmoqda.

Ekstra-taymlarga qadar borgan uchrashuvda Jerar Delofeu hal qiluvchi nuqtani qo'ygan gol muallifi bo'ldi. Uchrashuvda 3:2 hisobi qayd etildi va "Uotford" jamoasi final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Angliya kubogi finalida "Uotford" va "Manchester Siti" klublari sovrin uchun bellashadi. Bahs 18 may kuni o'tkaziladi. 

Avvalroq, Angliya kubogida "Manchester Siti" 5 marta g'olib chiqqan. "Uotford"ning eng yaxshi natijasi esa 1983/84 yilgi mavsumda finalga qadar yetib borishi bo'lgan.

Uotford – Vulverxempton 3:2 (0:1, 2:1, 1:0)

Uembli

Gollar: 0:1 – 36 Doerti, 0:2 – 62 Ximenes, 1:2 – 79 Deulofeu, 2:2 – 90, penalti Dini, 3:2 – 104 Deulofeu.

Uotford – Gomes, Mariappa, Xolebas (Mazina, 98), Femeniya (Yanmat, 108), Ketkart, Xyuz (Deulofeu, 66; Sema, 112), Dukure, Kapu, Pereyra, Dini, Grey.

Vulverxempton – Raddi, Boli, Kastro (Ruben Vinagre, 105), Doerti, Koudi, Ruben Nevesh (Bennett, 86), Saiss, Diogu Jota (Kavaleyru, 89), Dendonker, Moutinyu (Traore, 102), Ximenes.

Ogohlantirishlar: Saiss (10), Ruben Nevesh (25), Ketkart (54), Xolebas (61), Kapu (101).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia