Angliya Kubogi. "Manchester Siti" "Sautgempton"ni yirik hisobda dog'da qoldirib, yarim finalga yo'l oldi

Sherzod Nurmatov
20 mar 2022, 21:52
Angliya Kubogi chorak finalidan o'rin olgan "Sautgempton" – "Manchester Siti" bahsi poyoniga etdi.

12-daqiqada Raxim Sterling pastki burchakni nishonga olib, hisobni ochdi – 0:1.  45+2-daqiqada Lyaport o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ygach, hisob tenglashdi – 1:1.

62-daqiqada Kevin de Bryuyne penalti orqali "shaharliklar"ning ikkinchi to'pini kiritdi – 1:2. 75-daqiqada mahoratli yarim himoyachi Fil Foden darvozaning chap tarafini ko'zladi – 1:3. 

78-daqiqada Riyad Marezning qoyilmaqom zarbasi darvoza to'ridan joy oldi – 1:4.  Shunday qilib, Pep Gvardiola shogirdlari yarim final yo'llanmasini naqd qilishdi.

Sautgempton – Manchester Siti 1:4 

Sent-Meris

Gollar: 0:1 – 12 Sterling, 1:1 – 45, avtogol Laport, 1:2 – 62, penalti de Bryuyne, 1:3 – 75 Foden, 1:4 – 78 Marez.

Sautgempton – Forster, Livramento, Stivens, Salisu, Uoker-Piters, Armstrong (Djenepo, 83), Elyunussi (Diallo, 88), Romeu (Smollboun, 88), Uord-Prouz, Long (Broya, 63), Armstrong (Adams, 63).

Manchester Siti – Steffen, Uoker, Stounz, Laport (Ake, 83), Joau Kanselu (Zinchenko, 82), Gyundogan, de Bryuyne, Rodri (Fernandino, 83), Grilish (Foden, 64), Sterling, Gabriel Jezus (Marez, 63).

Ogohlantirish: Steffen (71).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia