Angliya jahon chempionatida 17-bor ishtirok etadi

Omonjon To`xtamirzayev
15 okt 2025, 16:43
Ammo bu eng yaxshi natija emas.

Angliya terma jamoasi saralash bosqichi doirasida kuni-kecha safarda Latviyani 5:0 hisobida taslim etdi va mundial yo'llanmasini rasman qo'lga kiritdi.

Ushbu bahsda Entoni Gordon (26-daqiqa), Xarri Keyn (44, 45+4 penaltidan), 58-daqiqada Maksim Tonishevdan avtogol  va Eberechi Eze (86) gollarga mualliflik qilishdi. 

Angliya terma jamoasi jahon chempionatida 17-marta ishtirok etishadi, bu borada rekord Braziliya terma jamoasiga tegishli. Pentakampeonlar 23-bor mundialda ishtirok etishadi. 

Qatarda o'tgan avvalgi jahon chempionatida jamoa chorak finalgacha yetib borgan va Fransiyaga imkoniyatni boy bergandi (1:2). Angliyaning jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natijasi 1966 yilda o'z uyidagi g'oliblik hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia