Angliya FA: “Rossiyaga qarshi birorta musobaqada o'ynamaymiz”

Eldor Akmurzayev
28 fev 2022, 09:15
Angliya futbol assotsiatsiyasi rasmiy bayonot bilan chiqdi.

“Ukrainani qo'llagan holda Rossiya rahbariyati tomonidan qilingan harakatlarni keskin qoralash uchun FA yaqin kelajakda ularga qarshi hech qanday xalqaro uchrashuvda o'ynamasligini tasdiqlaydi. Bunga barcha yosh toifasidagilar kiradi: kattalar, yoshlar, o'smirlar va paralimpiyachilar futboli”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Polsha, Shvetsiya va Chexiya termalari JCH-2022 saralashida Rossiyaga qarshi o'ynashdan bosh tortishgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ua-football.com