

Bu haqda "The Independent" nashri ma'lumot tarqatdi.
Pepning "shaharliklar" bilan kelishuvi keyingi yozda o'z nihoyasiga etadi. Angliya terma jamoasini esa kuzda Millatlar ligasi o'yinlari kutmoqda, keyingi yil mart oyida JCH-2026 saralash bellashuvlari start oladi.
Eslatib o'tamiz, Evro-2024 finalida Ispaniyaga mag'lub bo'lganidan keyin iste'foga chiqarilmagan Garet Sautgeyt kecha o'z xohishiga ko'ra terma jamoa boshqaruvidan ketgan edi.




