Angliya chempionatining 20-tur uchrashuvlari qoldirilishi mumkin

Оқил Абдубарноев
20 dek 2021, 01:43
20 dekabr, dushanba kuni Angliya Premer-ligasi klublari 20-tur o'yinlarining boshqa muddatga qoldirish masalasini muhokama qilish uchun favqulodda yig'ilish o'tkazadi.

Uchrashuvlar yangi yil oldidan - 28, 29 va 30 dekabr kunlari bo'lib o'tishi kerak bo'ladi.

Ushbu haftada koronavirus pandemiyasi tufayli birdaniga oltita Premer-liga o'yini qoldirilgandi. Sababi koronavirusning avj olishi bir nechta klublarda qayd etilgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Athletic