Angliya. 8-tur yakunlandi. "Fulxem" yirik g'alabaga erishdi

Narzulla Saydullayev
22 okt 2013, 08:33
Angliya premer ligasida 8-tur o'z nihoyasiga etdi.
Turning so'nggi o'yini "Kristal Pelas" va "Fulxem" o'rtasida bo'lib o'tdi. Unda mehmonlar irodali va yirik g'alabaga erishishdi - 4:1.

Angliya premer ligasining musobaqa jadvali, to'purarlar ro'yxati, oldingi va keyingi o'yinlar haqidagi barcha ma'lumotlarni saytimizning maxsus bo'limidan olish mumkin.

Kristal Pelas – Fulxem 1:4 (1:2, 0:2)
21 oktyabr, Selxerst Park
Gollar:
1:0 – 7 Mariappa, 1:1 – 19 Kasami (Riter), 1:2 – 45 Siduell, 1:3 – 50 Berbatov (Ruis), 1:4 – 55 Senderos (Ruis).
Kristal Pelas – Speroni, Uord, Mariappa, Dileyni, Moksi, O’Kif, Kampanya (Tomas, 46), Panchon (Shamax, 56), Edinak, Bolazi, Geyl (K. Fillips, 69).
Fulxem – Stekelenburg, Riter, Xangeland (Amorebeta, 46), Senderos, Richardson, Parker, Siduell, Ruis, Kasami, Bent (D. Daff, 77), Berbatov (Rodalega, 90).
Ogohlantirishlar: Richardson (81).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia