Angliya 4-divizion jamoasi posboni Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Eldor Akmurzayev
21 yanv 2021, 19:40
“Nyuport Kaunti” kiperi Tom King 19 yanvar kuni “Cheltnem Taun”ga qarshi uchrashuvda o'z jarima maydonidan zarba yo'llab, raqib darvozasini ishg'ol etdi.

Hisob-kitoblarga ko'ra, King 96,01 metr masofadan gol urdi. U eng uzoq masofadan urilgan gol muallifi sifatida Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi. 

25 yoshli ingliz 2013 yil “Stok Siti” darvozaboni Asmir Begovich tomonidan o'rnatilgan rekordni yangiladi. Begovich 91,9 metrdan “Sautgempton”ga gol urgandi.

Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling! 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports