Andrey Shipilov: “Hisobga olinmagan gollarimizdan bittasi haqqoniy gol edi menimcha”

Narzulla Saydullayev
16 mar 2018, 22:44
“Metallurg” – “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Shipilov qatnashdi.

- Bugun har ikki jamoa ham ajoyib o'yin namoyish etishdi. Tezkor gol kiritganimiz qolgan daqiqalarda erkin harakat qilishimiz uchun zamin yaratdi.  Hisobga olinmagan gollarimizdan bittasi haqqoniy gol edi menimcha. Yoritgichlar haqida aytadigan bo'lsam vaziyat yaxshi tomonga o'zgarib bormoqda. Bizda maydon yaxshi. O'zbekistonning eng yaxshi beshta stadionlaridan biri Bekobodda joylashgan, deyish mumkin, - deydi Shipilov. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz