Andrey Shipilov: "Bunyodkor" bizning xatodan foydalanib yutib ketdi"

19 iyun 2019, 20:32
O'zbekiston Kubogi 3-bosqich "Bunyodkor" - "Metallurg" uchrashuvidan so'ng Andrey Shipilov ham o'z fikrlarini bildirdi.

Ma'lumki, bu o'yinda "Bunyodkor" 2:1 hisobida g'alaba qozonib, Kubokning keyingi bosqichiga yo'l oldi. Uchrashuvdan so'ng "Metallurg" ustozi Andrey Shipilov o'yin haqida fikrlarini aytdi: 

- Hisobni ochdik, biroq g'alaba qozonish nasib etmadi. Ikkita qulay vaziyatdan foydalana olmadik. Futbolda qoida bor: sen urmasang, senga urishadi. Bugun shuning guvohi bo'ldik. "Bunyodkor" bizning xatodan foydalanib yutib ketdi. 

- "Metallurg" nega natija ko'rsata olmayapti? 

- Natija bo'lishi uchun hamma bor kuchi bilan harakat qilishi kerak. Yoshi kattalar o'zlarini chetga olmasdan yoshlarga yordam berishi lozim. Shundagina natija keladi.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia