Andrey Shevchenko: “Germaniya bilan durangga yaqin edik”

15 noya 2020, 09:52
Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko Millatlar ligasi turnirida Germaniyaga (1:3) uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

“Agar vaziyatni batafsil tahlil qiladigan bo'lsak, Shveytsariyadan tashqari barcha uchrashuvlarda to'liq tarkib bilan o'ynay olmadik. Germaniya bilan o'yin ham asabiy kechdi, yaxshi vaziyatlarga ham ega bo'ldik. Ularda ajoyib jamoa bor, qanotlarda tezkor futbolchilar to'p tepadi. O'ylashimcha, qaysidir vaziyatlarda yigitlar durangga loyiq edilar. Imkoniyatlardan to'liq foydalanganimizda, durangga ham erishardik. Uch marta ustun? Bu futbol. Eng muhimi jamoada o'yin uslubi bor, biz vaziyatlarni yaratayapmiz. Biz guruhda top jamoalar bilan o'ynayapmiz, bu biz uchun katta tajriba. Tarkibimizning to'rt nafar a'zosi koronavirusga chalingan. Shubhasiz, ularning o'rni bugungi bahsda bilindi. O'yinni kuchaytirish uchun ko'plab poziciyalarda yetakchi futbochlilar yetishmadi”, deya Shevchenkoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport.ua.

O'xshash yangiliklar


Manba: sport.ua