Andrey Polxovskiy: "O'ylagan rejamiz ish berdi"

Narzulla Saydullayev
18 fev 2016, 18:20
Qirg'iziston - Yaponiya uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Andrey Polxovskiy qatnashdi.

"O'ylagan rejamiz ish berdi. Ikkinchi bo'limda besh kishi bo'lib o'ynashni maqsad qilgan edik. Bu rejamiz ham kutganimizdek amalga oshdi. Navbatdagi o'yinda esa JCH yo'llanmasini qo'lga kiritishga harakat qilamiz. Shuningdek yaponlarning besh kishi bo'lib o'ynashiga qarshi taktika tuzib qo'ygan edik.

Avstraliya ham yaxshi jamoa. Bu o'yinga ham alohida reja o'ylab qo'yamiz. Qirg'iziston terma jamoasi hozirgacha JCHda ishtirok etmagan. O'z maqsadimizga erishish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Terma jamoamiz ruhan keyingi o'yinga tayyor.

Qirg'iziston futbol federatsiyasi tomonidan ham yaxshigina yordam ko'rsatilmoqda" - deydi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia