Andrey Miklyaev: "G'alabaga yaqin edik, afsuski oxirgi 3 daqiqada uni qo'ldan chiqardik"

Narzulla Saydullayev
11 apr 2017, 18:32
OCHL 4-turi doirasidagi "Lokomotiv" - "Istiqlol" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev ishtirok etdi.
Kayfiyatimiz u qadar yaxshi emas. Biz g'alabaga yaqin edik. Ikkinchi taymda birinchi taymdagidek o'ynamadik. Bazi vaziyatlardan ikkinchi golni urishimiz mumkin edi. Ammo hisobni saqlab qolishga asosiy urg'uni qaratdik", - deydi Andrey Miklyaev.

"Bugun faqat natija uchun o'ynaganimiz uchun chiroyli o'ynay olmadik. Barchadan uzr so'rayman. Keyingi bahslarda muxlislarimizni xursand qilamiz degan umiddamiz", - deydi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Ikrom Aliboev.

- Nimaga o'ng qanot himoyachisi Bobur Yo'ldoshev almashtirildi?
- Unda kichik jarohat kuzatildi. Shu bois Fayzievni maydonga tushirildi.

- Masharipovning almashtirilgani xato bo'ldimi?
- Yo'q. Bu xato emas edi. Sababi u so'nggi daqiqalarda ko'p xato qildi.

- Bilamizki yutsa jamoa yutadi, yutqazsa murabbiy yutqazadi. Nima uchun Mirko Yyelichich kelib matbuot anjumanida biz bilan gaplashmaydi?
- Sababi unda kerakli licenziya yo'q. Boshqa javobim yo'q.

- Mavsum boshida hali tayyor emasmiz deyiladi. Hozir esa mavsum boshlanganiga bir oydan oshdi. Bu davrga kelib jamoalarimiz raqiblarni qo'pol qilib aytganda "yorib" tashlashi kerak edi.
- Sizningcha raqiblar jim qarab turishlari kerakmi? Ular ham maydonga g'alaba uchun tushishadi. Ular ham 90 daqiqa davomida maydonda yugurishadi.

Narzulla Saydullaev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia