

“Biz bu erga 3 ochko uchun kelgandik, biz uni qo'lga kiritdik va bundan barcha xursand. Men barcha futbolchilarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Ular bu o'yinda barcha ko'rsatmalarimizni bajarishga harakat qilishdi. Bugun bizning omadiz keldi, omad esa kuchlilarga kulib boqadi. O'zimizning kuchli taraflarimizni ko'rsatishda bizga ob-havo ta’sir qildi, jamoam bugun maydonni barcha joyida vaziyat so'ngiga qadar kurashdi. Kecha mashg'ulotlar davomida havo yaxshi edi, bugun esa kuchli shamol va yomg'ir o'yinga o'z ta’sirini o'tkazmay qolmadi. Har qanday kuchli jamoa har qanday ob-havo sharoitida o'ynay bilishi kerak. Bizni juda yaxshi kutib olishdi, buning uchun mezbonlarga raxmat aytaman”, - deya murabbiy o'z so'zlarini yakunladi.
"Lokomotiv" matbuot hizmati
"Lokomotiv" matbuot hizmati



