Andrey Kanchelskis: “Xatolar ustida ishlaymiz”

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2020
“Qo'qon-1912” – “Navbahor” o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bugungi o'yin yomon bo'lmadi.  “Qo'qon-1912” jamoasiga o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishga rozi bo'lgani uchun minnatdorchilik bildiramiz. Har holda mashg'ulot o'tkazishdan ko'ra, o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish afzalroq, deb o'ylayman.  Birinchi bo'limdan ko'nglim to'ldi. Ikkinchi bo'limda tezkor gol o'tkazib yubordik. Xatolar ustida ishlaymiz. Eng asosiysi hech kim jarohat olmadi. “Nasaf” bilan bo'ladigan uchrashuvga qadar vaqt bor va xatolarni muhokama qilib olamiz. 

Futbol kurashlardan iborat bo'lgan o'yin. Bugungi bahs ham shiddatli tarzda o'tgani bunga misol bo'la oladi.  Takror aytaman, eng asosiysi har ikki jamoada ham jarohatlanganlar bo'lmadi. Qo'qonliklarga navbatdagi tur o'yinida  omad tilayman !


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати