Andrey Fyodorov: “Neftchi” uy jamoasi emas”

Narzulla Saydullayev
20 sen 2015, 19:34
“Neftchi” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida farg'onaliklar ustozi ishtirok etdi.

- G'alaba uchun yigitlarga rahmat aytaman. Bugun yaxshi o'ynadik. Chidam va bardosh natijasida yutuqqa erishdik. Kimnidir alohida ko'rsatmoqchi emasman. Butun jamoa yaxshi harakat qildi. Agar 1:0dan keyingi yaratgan vaziyatlarimizni golga aylantirganimizda ikkinchi bo'limda osonroq bo'lardi. Ikkinchi golni so'nggi daqiqalarda kiritdik. Ungacha igna ustida utirgandek bo'ldim. Xorijlik darvozabonimizni yo'qotyapmiz. Evgeniy Cheremisin juda yaxshi posbon. Bu borada selekciya ishlarini olib boryapmiz. Men “Neftchi”ni uy jamoasi demagan bo'lardim. Biz safar ham yaxshi natijalar qayd etyapmiz, - deydi Fyodorov.

"Bunyodkor" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia